⚽️Sport – sog‘lik garovi.

🏆 Sariosiyo tuman Sport
maktabida tuman hokimligi, tuman san epid boʻlimi va tumandagi korxona va tashkilot ishchi-xodimlari, yoshlar va xotin-qizlar hamda 30 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan aholi vakillari  ishtirokida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyun kunidagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-son qaroriga asosan, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlash maqsadida sport sinovlarini qabul qilib olindi.